US First Lady Michelle Obama speaks to grassroots supporters at Orr Middle School on Friday, October 26, 2012 in Las Vegas, Nevada. AFP PHOTO / John Gurzinski (Photo credit should read JOHN GURZINSKI/AFP/Getty Images)

AQSH ning amaldagi birinchi xonimi Mishel Obamaning liboslari bilan shug‘ullanuvchi modelyer Sofi Telle AQSH ning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya bilan ishlashdan bosh tortdi. Bu haqda Page Six ga tayanib, russian.rt.com xabar bermoqda.

Telle bu haqda o‘zining Twitterida yozib qoldirgan.

«Men yangi birinchi xonim bilan umuman ishlamayman, uning uchun hech qanday libos yaratmayman. Uning eri tomonidan saylov oldi kampaniyasida ilgari surilgan irqchilik, ksenofobiya bizning hayotiy qadryatlarimizga to‘g‘ri kelmaydi” — deb yozgan modelyer.

Bundan tashqari Tella hamkasblarini o‘zidan o‘rnak olishga chaqirgan.

ULASHISH