Avstraliya va Xitoylik bir guruhlar olimlar umurtqasizlar ko‘pchiligi hali o‘rganilmagan 1445 viruslarning tashuvchilari ekan. Tadiqot natijalari Nature jurnalida e’lon qilindi. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.

Ish mualliflaridan biri Edvard Holmsning aytishicha, bu yangilik olimlarning virusologiya haqidagi tasavvurlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Ular endi hasharotlar, o‘rgimchaklar va qurtlar million emas, milliard yillar oldin umurtqasiz bo‘lganliklarini taxmin qilishmoqda.

«Hasharotlar o‘zida bunchalik ko‘p miqdordagi viruslarni olib yurishlari hayratlanarlidir. Shu vaqtgacha ulardan zararlanish kuzatilmagani uchun ularni o‘rganib ko‘rish hech kimning hayoliga kelmagan” — deydi Holms.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotda butunlay yangi texnologiyalardan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida umurtqasizlar gripp virusi kabi avvaldan ma’lum viruslarning tashuvchilari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislar tadqiqot natijalari insonlarni qo‘rqitishi kerak emasligini, insonning hasharotlardan zararlanishi ancha murakkab ekanligini aytishmoqda.

ULASHISH