Microsoft kompaniyasi to‘ldirilgan va virtual reallikda 3D-obyektlarni qo‘llab-quvvaytlaydi yangi avlod Windows 10 Creators Update’ni taqdim etdi. Shuningdek, kompaniya hamkor kompaniyalardan yangi VR- va AR-shlemlar anonsini berdi, deb xabar qiladi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Ta’kidlanishicha, Microsoft 3D’ni barchaga yetkazishga uringan. Operatsion tizimda bunday obyektlar bilan ishlashga mo‘ljallangan grafik redaktor — Paint 3D o‘rnatilgan. Amalda bu 3D bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan takomillashtirilgan Paint dasturidir.

Endi dasturda uch o‘lchamli sahnalar yaratish mumkin, bunda obyektlarni nafaqat pastga-tepaga va o‘nga-chapga, balki ichkariga-tashqariga ham qimirlatsa bo‘ladi. Tasvirlar yaratishda tayyor 3D-obyektlardan foydalanish, shuningdek, o‘z rasmlarini qo‘shish mumkin.

Ammo Windows 10 ning o‘ziga xosligi 3D qo‘llab-quvvatlanishi bilan tugamaydi. Hajmdor modellar Microsoft Office ofis paketi hamda Edge brauzerida joriy etiladi. HoloLens garniturasi vositasida 3D-obyektlardan to‘ldirilgan va virtual reallikda foydalanish mumkin. Masalan, Microsoft xarid oldidan internet-do‘kondagi mebelni uy interyeriga chamalab ko‘rishni taklif qilmoqda.

Bir paytning o‘zida Microsoft to‘ldirilgan va virtual reallik garnituralari anonsini berdi. Ularni HP, Dell, Lenovo, ASUS va Acer kompaniyalari ishlab chiqaradi. Uskunalar narxi 300 dollardan boshlanadi.

Yangi imkoniyatlardan vazifalar paneli pastidagi tezkor aloqalar ro‘yxatini aytib o‘tish mumkin. Endilikda fayllar va havolalarni tegishli foydalanuvchining belgisi ustiga olib kelish bilan tezkor ravishda ma’lumot almashish yoxud foydalanuvchilar bilan tez bog‘lanish mumkin.

manba: Daryo.uz

ULASHISH