«Barselona» hujumchisi Lionel Messi nomi sir tutilayotgan klubdan juda foydali taklif olgan.

El Mundo nashri ma`lumotiga ko’ra, argentinalik futbolchiga jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmasligi uchun 100 mln yevro miqdorida bonus taklif etilgan. Agar futbolchi bu taklifga ko’nsa, unga qiziqayotgan klub  «Barselona» belgilab qo’ygan 250 mln yevro miqdoridagi badal pulini to’lamaydi.

Messining katalonlar klubi bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar amalda bo’ladi.

Bundan oldinroq, Primeraning 14-turida, 3 dekabr kuni «Real»ga qarshi o’yin o’tganidan keyin Messi jamoa rahbariyati bilan yangi shartnomasi borasidagi muzokaralarni boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

ULASHISH