Argentinalik futbolchi Lionel Messi Forbes jurnali tomonidan e`lon qilingan 30 yoshgacha bo’lgan eng boy sportchilar reytingini boshqarib bormoqda.

Reyting aslida barcha sohadagi mashhurlar o’rtasida tuzilgan bo’lib, unda Messi birinchi o’rinni egallamagan. Dastlabki o’rinda pop-qo’shiqchi Teylor Svift egalladi. U yiliga 170 mln dollar daromad topmoqda. Ikkinchi o’rin britaniyaning One Direction klubiga nasib qildi — 110 mln dollar.

Uchinchi o’rinda «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bormoqda – 81,5 mln dollar.

Sportchilar ichida tennischi Novak Jokovich (56 mln), basketbolchi Kevin Dyurant (56 mln), amerikacha futbolchi Kem Nyuton (53 mln) va golfchi Jordan Spit (53 mln) ham yuqori o’rinlarni egalladi.

Boy sportchilar. Top-10

1. Lionel Messi (Argentina, futbol) — 81,5 million dollar
2. Novak Jokovich (Serbiya, tennis) — 56 million
2. Kevin Dyurant (AQSh, basketbol) — 56 million
3. Kem Nyuton (AQSh, amerikacha futbol) — 53 million
3. Djordan Spit (AQSh, golf) — 53 million
4. Rori Makilroy (Shimoliy Irlandiya, golf) — 42,5 million
5. Rassell Uilson (AQSh, amerikacha futbol) — 42 million
6. Sebastyan Fettel (Germaniya, «Formula-1») — 41 million
7. Rafael Nadal (Ispaniya, tennis) — 37,5 million
7. Neymar (Braziliya, futbol) — 37,5 million
8. Garet Beyl (Uels, futbol) — 36 million
9. Marsell Dareus (AQSh, amerikacha futbol) — 35 million
10. Derrik Rouz (AQSh, basketbol) — 34 million

manba: Kun.uz

ULASHISH