Ispaniya futbol federatsiyasining apellyatsiya qo’mitasi «Barselona» hujumchisi Lionel Messining «Sevilya»ga qarshi uchrashuvida (2:1) olgan sariq kartochkasini bekor qilmaydigan bo’ldi.

Qo’mita uchrashuv bosh hakami qaroriga qo’shilib Messi yechilib ketgan butsasini bir yarim daqiqa mobaynida kiyishga ulgurmagan va ongli ravishda vaqtini cho’zishga harakat qilgani uchun sariq kartochka olgan deb hisobladi.

15 kun ichida «Barselona» mazkur qaror bo’yicha e`tirozlari mavjud bo’lsa, ma`muriy sport tribunaliga murojaat qilishi mumkin.

ULASHISH