Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi aviahalokat tufayli jabr ko’rgan «Shapokoense»jamoasiga xayriya puli o’tkazdi. Bu haqda El Intransigente nashri xabar tarqatmoqda.

Manba bergan xabarga ko’ra, Argentina terma jamoasi sardori klub va futbolchilarning oilasi uchun 10 million yevro miqdorida pul o’tkazib bergan.

Eslatib o’tamiz, oldinroq Krishtianu Ronaldu 3 million yevro miqdoridagi mablag’ni brazil klubi uchun taqdim qilgandi.

Ma`lumot uchun, 29 noyabr kuni Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida samolyot aviahalokatga uchrashi natijasida 75 nafar yo’lovchi vafot etgandi. 6 kishi, jumladan uch nafar futbolchining hayoti saqlab qolingan.

manba: Tribuna.uz

ULASHISH