Avstriyalik deputat va Ozodlik partiyasi yetakchisi Xaynts-Kristan Shtraxe Germaniya kansleri Angela Merkelni uning migratsion siyosati sababli Yevropaning eng xavfli ayoli deb atadi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Deputat Yevropa madaniyatiga adovat bilan qaraydigan va jamiyatga qo’shilib ketishni istamaydigan qochqinlarning nazoratsiz oqimida aynan Merkelni ayblamoqda. Shtraxening fikricha, voqealarning bunday tus olishi Yevropa jamiyatida parchalanishga va hattoki fuqarolik urushiga olib kelishi mumkin.

manba: Kun.uz

ULASHISH