Mercedes-AMG giperkarining butun tiraji giperkar taqdimotidan bir yil oldin sotib bo‘lindi. Bu haqda motor.ru xabar berdi.

Moeresning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada modelni sotib olish istagidagi xaridorlar ro‘yxati shakllanib bo‘ldi. Tiraj 200-300 ekzemplyardan iborat. «Model ishlab chiqarishning eng oxirgi bosqichida . Bu haqiqatda o‘zgacha mashina bo‘lib, bozorda uning analoglari bo‘lmaydi”, — dedi Mersades-AMG rahbari.

Yuqori texnologiyali Mercedes-AMG giperkari 2017-yilning so‘ngida taqdim etiladi. Uning taqdimoti kompaniyaning 50 yillik yubileyiga bag‘ishlanadi. Har biri 2 milliondan 3,5 million dollargacha bo‘lgan mashinalar o‘z egalariga 2018-yilning ikkinchi yarmidan vaqtliroq yetib bora olmaydi.

ULASHISH