Merayya Keri va millioner Jeyms Pekerlarning to`yi Merayyaning pulni keragidan ortiq darajada sovurishi tufayli bekor qilindi, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri. 

To`yning bekor qilinishiga Merayya Kerining o`z hayotini realiti-shouda namoyish qilmoqchi bo`lganligi ham sabab bo`lgan. Merayyaning ommaga hayotini ko`z-ko`z qilmoqchi bo`lganidan kuyov norozi bo`lgan. Bungacha Keri to`yni ixcham qilib o`tkazish niyati borligini e`lon qilgandi.

Uning kiyim-kechak va taqinchoqlarga sarflagan puliga, hatto millioner ham dosh berolmadi. Millioner Merayyaga sovg`a qilgan o`n million dollarlik uzukni o`zida qoldirishga ruxsat bergan. Juftlik avvalgi nikohlaridan rasman ajramaganligi bois, ilgari ham to`yni orqaga surishgan edi.

manba: Darakchi.uz

ULASHISH