Xalqaro amaliy va nazariy kimyo kengashi (UPAC) Mendeleyev jadvalidagi yangi to‘rt elementning rasmiy nomlarini tasdiqladi. Bu haqda kp.ru xabar berdi.

115 raqami bilan tartiblanadigan elementni UPAC Moskoviy nomi bilan nomlashni va Mc belgisi bilan tasvirlashni taklif qilmoqda. 113-element Nihoniy (Nh), 117-element Tennessin (Ts), 118-element Oganesson (Og) nomini oladi.

UPAC bu qaror bilan elementlarni birinchi marta topgan Dubni yadro tadqiqotlari birlashma instituti, Ouk-Ridj Milliy laboratoriyasi (AQSh), Vanderbilt universiteti (AQSh) va Livermore milliy laboratoriyasi (AQSh) olimlari istaklarini amalga oshirdi. Ular elementlar kashfiyoti geografiyasi bo‘yicha Moskoviy va Tennesin nomlarini taklif qilishgan edi. Moskoviy nomi Moskva shahri yaqinida joylashgan Dubni yadro tadqiqotlari birlashma instituti sharafiga, Tennessin nomi — Ouk-Ridj Milliy laboratoriyasi joylashgan Tennessi shtati sharafiga qo‘yiladi.

Nihoniy nomini Yaponiyadagi Fizik-kimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari taklif qilishgan. Nihon yapon tilida «Yaponiya” degani.

Dubni yadro tadqiqotlari birlashma instituti va Livermore milliy laboratoriyasi birgalikda kashf etgan 118-element Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Yuriy Oganesyan sharafiga Oganesson deb nomlanadi.

ULASHISH