McLaren Automotive kompaniyasi hozircha qoralamalarda bo’lgan giperkarlari adadini sota boshladi. Bu haqda Autoexpress xabar bermoqda.

Ishlab chiqarishga mo’ljallangan barcha 106ta giperkar bugunga kelib sotib bo’lingan.
Ayni vaqtda avtomobilning nomi ma`lum emas, shuningdek, uning xususiyatlariga ham oydinlik kiritilmagan.

Taxminlarga ko’ra, bu avtomobil Bespoke Project 23 bo’lishi mumkin. Chunki ushbu model gibrid kuchlanishli qurilmalar bilan jihozlangan bo’lib, poygalar uchun ham, sayohat uchun ham qulay hisoblanadi.

Sotib olingan avtomobillarning qiymati oshkor etilmagan.

manba: Kun.uz

ULASHISH