Italiyaning Mazzanti kompaniyasi o’zining ilk modeli — Evantra superkarining yangi nusxasini taqdim etdi. Modifikatsiya 771 indeksini qo’lga kiritdi. U dvigatel foydalilik darajasi bo’yicha belgilanadi.

Yangilik yetti litrli V8 atmosfera dvigateli bilan jihozlangan bo’lib, boshlang’ich versiyada agregat 70 ot kuchini kamroq berardi. Bu esa superkarga 3,2 soniyada yuz kilometr tezlikka yetish imkonini yaratadi.

Evantra 771 kuchliroq dvigateldan tashqari o’zgacha aerodinamik to’siq bilan ajralib turadi. Shuningdek, unda boshqa antiqanot o’rnatildi.

Superkar Bolonyada dekabr oyi boshlaridagi avtoshouda taqdim etiladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH