Yaqinginada 24 yoshli bu ayol turmush o`rtog`i Fabian bilan dunyodagi eng baxtli juftliklardan biri edi, deb xabar beradi “Nonbox.ru” nashri.

Farzand kutayotgan baxtli juftlik 2 avgust kuni restoranda birga tushlik qilib uyga qaytayotganda, ayni lahza Fabian hayotining so`nggi onlari ekanligini xayollariga ham keltirishmagan edi.

w7z5rdgtsa57qsyudey79erni

 

24 yoshli Kristian Guerrero (Kristian Guerrero) AQShning Texas shtatida yashaydi. U sevgan yori Fabianga turmushga chiqib, intiqlik bilan to`ng`ich farzandining dunyoga kelishini kutayotgan edi. Mast holda rulga o`tirgan 21 yoshli yigit rul boshqaruvni yo`qotib, ularning avtomashinasiga kelib urildi. Kristian og`ir yaralandi, uni zudlik bilan shifoxonaga olib borishdi. Ultratovush apparati hali bolaning tirikligini ko`rsatdi, ammo oradan bir necha soat o`tgach, bolaning mitti yuragi urishdan to`xtadi.

fsbn2f0y5g9azqbunrcbgzcf5

 

Sun`iy tug`ruqdan keyin Kristian o`g`lining jasadini qo`lga olib, bundan bir necha soat ilgari qanchalik baxtli bo`lganini, endi esa eng aziz insonlaridan ayrilganini angladi. Kasalxonaga yig`ilgan qarindoshlari uning depressiyaga tushib, ko`z yosh to`kishini kutgan edilar. Ammo Kristian ulardan qo`llariga kamera olib, videoga olishlarini iltimos qildi.

czagfgmnqmfjpvdwd1cy4xetk

 

“Ilk marotaba farzandimni qo`lga olib, uning chehrasiga tikilganimda, yonimda Fabian turganday his qildim. Men undan kichkintoyimizga g`amxo`rlik qilishni so`radim. Palatadagi ayollarning hammasi gaplarimdan ko`z yosh to`kishdi. Bolam judayam otasiga o`xshardi, unga qarab turib, erimni so`nggi bor ko`rayotganday tuyuldi. Farzandimning chehrasi hayotim davomida ko`rgan eng go`zal chehralardan biri bo`lib qoladi”.

fghka23cq5gswquduq1wmdgka

 

Ayolning qanchalar dard-alam chekkanini to`liq tasvirlashning iloji yo`q. Ammo endi u indamay, azob chekishni xohlamadi. Turmush o`rtog`i va farzandining xotirasi uchun hayotini yo`llardagi harakat xavfsizligini ta`minlashga bag`ishlashni niyat qildi. Hali oyoqqa turmagan bo`lsa-da, kasalxonada yotgancha, Feysbuk orqali o`zi haqida hikoya qilib, qo`lida farzandining jasadi bilan dunyo ahliga murojaat qildi:

tscybdc3jbqe7xc7nt87p09qf

 

“Qo`lida bolasining jasadini ko`tarib olgan ayol menman. Yaqinlaringdan ayrilishga sabab bo`lgan dahshatli avtofalokat va 24 soatlik sun`iy tug`ruq azobidan keyin odam shunday ahvolga kelar ekan. Kimgadir spirtli ichimlik ichib rulga o`tirish tabiiy holdir, aslida esa bunday emas . Agar do`stingizning sarxush ahvolda avtomashina ruliga o`tirayotganini ko`rsangiz, kalitni yashirib qo`ying, taksi chaqiring. Bu ojizlik belgisi emas. Mastlikning oqibati yomonlikka olib kelishini tushungan odam bunday yo`l tutmaydi. Mastlik oqibatida kimningdir hayotiga zomin bo`lish eng katta gunoh! Bir umr vijdon azobida qiynalmaslikni istasangiz, hech qachon mast holda rulga o`tirmang, mastligingizni birovga aytishdan uyalmang. O`zingizni va boshqalarni xavf-xatarga qo`ymang. O`sha kuni farzandim va turmush o`rtog`im bilan men ham halok bo`lishim mumkin edi. Ammo Yaratganning rejalari boshqacha ekan. U meni bu erda kurashish uchun tirik qoldirdi.Erim va farzandim xotirasi uchun holdan toyguncha gapirishga tayyorman. Agar shu gaplarim bilan kimnidir o`zim chekayotgan azoblardan qutqara olsam, olamdan o`tgan yaqinlarim oldida o`z burchimni bajargan bo`laman”.

Yosh oilaning hayotini buzgan mast haydovchi yaralangan bo`lsa-da, tirik qoldi. U ikki bora qotillikda ayblanmoqda. Endi u ham hayotining eng gullagan davrini panjara ortida o`tkazadigan bo`ldi.

Yuqoridagi so`zlari bilan Kristian hech qanday yangilik aytmaganday tuyulishi mumkin. Aksariyat odamlar uchun mast holda avtofalokat sodir qilish oddiy holga, oddiy fojiaga aylangan. Mast haydovchilar haqida turli latifalar aytamiz, ular ishtirokidagi videoroliklarni tomosha qilib, g`alati qiliqlaridan maza qilib kulamiz. Ularning axmoqligi va mas`uliyatsizligi tufayli kimdir yorug` olamdan ko`z yumganda esa hech qanday kulgiga o`rin qolmaydi…

manba: Darakchi.uz

ULASHISH