Mashinasidan KitKat shokoladi o‘g‘irlangan AQShlik talabaga 6,5 ming shokolad batoni sovg‘a qilindi

Mashinasidan KitKat shokoladi o‘g‘irlangan hamda o‘g‘ri tomonidan uzr xati tashlab ketilishi orqali shuhratga erishgan AQShlik talabaga 6,5 ming shokolad batoni sovg‘a qilindi. Voqea haqida TJournal batafsil hikoya qilib berdi.

2016-yilning oktabr oyida amerikalik talaba Xanter Jobbins Twitter’dagi sahifasiga noma’lum kimsa tomonidan tashlab ketilgan xatning suratini joyladi. Xat muallifi uning berkitilmagan mashinasi ichiga kirib, KitKat shokoladini yaxshi ko‘rgani uchun uni o‘g‘irlaganini va boshqa hech narsaga qo‘l tekkizmaganini ma’lum qildi.

3-2

Bir hafta davomida ushbu suratni 180 mingdan ortiq foydalanuvchi bo‘lishdi.

AQShda KitKat shokoladini ishlab chiqaruvchi Hershey kompaniyasi Twitter orqali talabaning o‘g‘irlangan shokoladidan darhol xabar topib, unga boshqa shokolad yuborishni va’da qildi. Ammo Jobbins bitta shokolad o‘rniga bir yo‘la 6,5 ming dona shokolad qabul qilib oldi. Talaba mashinasi shokolad qutilariga to‘la suratni ijtimoiy tarmoqlariga joyladi.

1-2-680x349

Twitter’dagi ba’zi foydalanuvchilar mazkur voqeani KitKat’ning virusli reklamasi ekanini bildirdi. Lekin Xanter Jobbins bu izohlarga e’tibor qaratmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u shokoladni boshqa talabalar va do‘stlari bilan bo‘lishdi.

2-2-448x559

manba: Daryo.uz

ULASHISH