28 yoshli qo‘shiqchi Adel o‘zining yaqinda bo‘lib o‘tgan konserti vaqtida kutilmagan yangilikni e’lon qildi. «Men yana bir farzandimni dunyoga keltirish uchun sahnani tark etaman” — dedi qo‘shiqchi yig‘ilganlarni ajablantirib. Bu haqda deti.mail.ru xabar berdi.

«Sizlar bilan bir necha yildan so‘ng, umuman boshqa sharoitda qayta uchrashimiz. Adeldan osonlikcha qutulamiz deb o‘ylamang” — deb hazil qildi qo‘shiqchi. U uni uyda kutib olishga bayramona tayyorgarlik ko‘rib, sevimli o‘g‘li Anjelo kutayotganini qo‘shimcha qilgan. Qoshiqchining yigiti va farzandining otasi — Saymon Koneski — unga o‘g‘li tomonidan tayyorlangan plakat rasmini yuborgan. Plakatda turli rangdagi katta-katta harflar bilan «Oyijon, sen buni uddalading!» deb yozilgan. Anjelo onasining 10 oy davom etgan va 107 konsertdan iborat bo‘lgan turini nazarda tutgan bo‘lishi mumkin.

Xonanda endi biroz dam olib, keyin oilani kengaytirish bo‘yicha rejalarini amalga oshirmoqchi. Adelga onalik roli shunchalik yoqib qoldiki, u birgina farzand bilan cheklanib qolmoqchi emas. Natijada yaqin-orada to‘rt yoshli Anjelo uka yoki singillik bo‘ladi. «O‘g‘lim ancha katta bo‘lib qoldi, men esa chaqaloq isini yana tuyishni istayman” — deb tan oldi Adel.

ULASHISH