Yaqin vaqtgacha 10 santimetrlik Tetracheilostoma carlae dunyodagi eng kichkina ilon hisoblanar edi, ammo olimlar bundanda kichik ilonni aniqladi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.

Barbados va Nusi-Be orollarida yashaydigan Tetracheilostoma carlae kichik og‘izlilar – Leptotyphlopidae oilasiga mansub. Ushbu ilon 2008-yili amerikalik gerpetolog olim Bler Xejes tomonidan aniqlangan.

Bir necha yillar o‘tib, Bler Xejes Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Martinika orolida tadqiqotlar o‘tkazib, kichik og‘izlilar oilasiga mansub yanada kichik vakilini topdi.

Sudralib yuruvchi Tetracheilostoma sp. nov nomini oldi. Uning uzunlig 6 santimetrdan oshmaydi. Jonzot zaif va mo‘rt bo‘lgani uchun asosiy vaqtida yer ostida berkinish bilan o‘tkazadi. Tetracheilostoma sp. nov chumoli va termitlar bilan oziqlanadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH