Yevropa kosmik agentligi Mars Express orbita stansiyasida olingan Mars geologik tuzilmalarining labirintni eslatuvchi suratini e’lon qildi. Bu haqda gazeta.ru xabar berdi.

Bu tuzilma sayyoraning shimoliy yarim shari sharqiy qismidagi Utopiya tekisligida joylashgan. Suratda kengligi 2 km’gacha bo‘lgan novlar bilan to‘silgan, tasodifiy “blok“lar bilan ajratilgan hududlar yaqqol ko‘rinib turibdi. Olimlar bunday tuzilmalar Yerda okean tubida, sohildan biroz uzoqlikdagi hududlarda uchrashini ta’kidlashdi. Geologlarning fikricha ular g‘orlarning o‘z og‘irligidan yemirilib tushishi, tuproqdan suyuqlik chiqishi, yer osti plitalarining o‘ta faolligi kabi bir necha sabablarga ko‘ra shakllanadi.

Olimlarning taxminlaricha Marsdagi bunday poligonlar muz bilan qoplangan yuzada yuz bergan kuchli suv toshqinlari natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

ULASHISH