Amerikaning Arizona shtat universiteti geofiziklari Marsda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayot izlarini topishdi. Aniqroq aytilganda, olimlar Chilining El-Tatio vodiysida shakllangan kremniy dioksid cho‘kmasini Mars yuzasidan ham topishdi. Yerda bu geologik tuzilmalar tirik organizmlar tufayli yuzaga kelgani uchun olimlar Marsda ham ularning kelib chiqishi Yerniki bilan bir xil deb taxmin qilishmoqda. Bu haqda kp.ru xabar berdi.

Kremniy qoldiqlari sayyoraning Gusayev krateridan Spirit marsoxodi yordamida 2007 yilda ham aniqlangan edi. Oldinlari bu krater suv yoki magma bilan to‘la bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Dioksid kremniy minerali bilan birga kichik vulqon qoldiqlari — lapilli va bazilit topilgani, bu taxminning haqiqatga yaqinlik ehtimolini oshiradi.

Topilgan dalillarning barchasi tirik organizmlar faoliyati natijasida shakllangani uchun olimlar Marsda tadqiqot ishlarini davom ettirish niyatidalar.

ULASHISH