Amerikalik va kanadalik geofiziklar Mars yuzasida muzlagan suvdan tashkil topgan katta dengizni topishdi. Tadqiqot natijalari Geophysical Research Letters jurnalida e’lon qilindi. Bu haqda NASA ga asoslanib lenta.ru xabar berdi.

Katta qismi muzlik, qum va gazdan iborat qatlam Utopiya g‘arbi yuzasining 1-10 metr chuqurligida, taxminan ekvatordan shimoliy qutbga qadar yarim yo‘lda joylashgan. Muzlagan suv zaxirasining kengligi 80-170 metrga, suv hajmi esa 14,3 ming kub kilometrga teng.

Muzlagan dengizni olimlar MRO (Mars Reconnaissance Orbiter) orbita stansiyasining SHARAD (Shallow Radar) radiolokatori orqali aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Mars orbita apparati MRO 2005-yilda uchirilgan edi. U 2006-yilda Qizil sayyoraga yetib bordi. 2008-yilda uning asosiy vazifasi yakuniga yetdi, biroq NASA uning ishini davom ettirdi. Sayyora yuzasini suratga olishdan tashqari, apparat marsoxodlardan Yerga signal jo‘natishda ham ishtirok etadi.

ULASHISH