Kuala-Lumpur politsiyasi 8 noyabr kuni Bukit Tseylon tumanida qo’shmachilikda gumon qilingan ayolni qo’lga oldi. New Strait Times nashri xabariga ko’ra, tadbir davomida O’zbekiston fuqarolari bo’lgan 17 nafar ayol jinsiy qullikdan qutqarilgan. Bu ma`lumotni Tan Shri politsiyasining bosh inspektori Abu Bakar tvitterdagi rasmiy akkauntida tasdiqlagan.

Ozod qilingan ayollarning shaxsi ma`lum qilinmadi.

«Kuala-Lumpurda, Bukit Tseylonda qo’shmachini hibsga olish bo’yicha tadbir muvaffaqiyatli o’tgani va o’zbekistonlik 17 nafar ayolning qutqarilgani bilan tabriklayman», — deb yozgan u.

U shuningdek, tumanda odam savdosiga va muhojirlar kontrabandasiga qarshi kurash darajasini yuqori baholagan.

manba: Kun.uz

ULASHISH