Makgregor – ikki vazn toifasida UFC chempioni bo’lgan ilk jangchi + FOTO

Hozirgina AQSHning Nyu-York shahrida aralash qoidalar bo’yicha UFC 205 turniri yakunlandi, deb xabar beradi «olamsport.com».

Oqshomning markaziy jangi yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun kechdi. Unda yarim o’rta vazn toifasida jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor yengil vaznda jahon chempioni Eddi Alvaresga qarshi jang o’tkazdi.

Jang uzoq davom etmadi. Ikkinchi raundning boshlarida Konor raqibiga ketma-ket uchta aniq zarba yo’lladi. Buning natijasida Alvares nokautga uchradi. Referi jangni to’xtatishga majbur bo’ldi.

5732_680

 

SHu tariqa, Konor Makgregor UFC tarixida ikki vazn toifasida jahon chempionligini qo’lga kiritgan ilk jangchiga aylandi.

ULASHISH