Amerikalik olimlar makaka maymunlari yordamida nima uchun boy odamlar kambag‘allardan ko‘ra uzoq yashashlarini aniqladilar.

Dyuka universiteti mutaxassislari tajriba uchun bir biriga qarindosh bo‘lmagan 45 ayol makakalarni tanlab olishdi. Makakalarni turli ijtimoiy guruhlarga bo‘lib, kuzatishdi.

Olimlar maymunlarning ijtimoiy mavqei ularning immuniteti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq ekanligini aniqladilar. Hayvonning ierarxiyadagi o‘rni qancha yuqori bo‘lsa, uning viruslar bilan kurashish qobiliyati shunchalik yuqori bo‘lar ekan.

«Ijtimoiy muammolar va qashshoqlik organizm va jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar biz odamlarning yashash sharoitini yaxshilay olsak, biz ularni baxtliroq va sog‘lomroq qilgan bo‘lamiz” — deb tadqiqot natijalarini tushuntirdi mutaxassislardan biri Noy Snayder-Makler.

ULASHISH