Maftunkor ko‘rinishga ega bo‘lish uchun garderobingizda qanday kiyimlar bo‘lishi kerak?

Har bir ayolga tanish vaziyat — shkaf kiyim-kechakka to‘la, biroq kiyishga hech narsa yo‘q. Buning sababi, biz ko‘pincha u yoki bu kiyimni nima bilan kiyishni tasavvur ham qilmasdan xarid qilamiz. Bu bilan pullarimizni havoga sovurgandek bo‘lamiz.

Bu kabi muammolarning oldini olish uchun bir-biriga uyg‘un va har qanday vaziyatga mos keladigan ma’lum bir kiyimlar bo‘lishi kerak. Xo‘sh, bular nimalar ekan?

1. Oq va qora futbolkalar

  1. %d0%b1%d0%b0%d0%b7%d0%b01-680x510

Sifatli matodan tikilgan, suratlarsiz va bichimi keng futbolkalar djinsidan tortib klassik yubkalar bilan ham mos keladi.

2. To‘q ko‘k rangdagi djinsi shim

%d0%b1%d0%b0%d0%b7%d0%b02-680x393

Mazkur kiyim moda qanaqa bo‘lishidan qat’i nazar har doim kiyish mumkin bo‘lgan va har qanday obrazga mos keladigan tanlovdir.

Nega to‘q ko‘k, och rangdagi djinsilar emas? Havorang djinsilar kishini semiz ko‘rsatadi, shuning uchun ularni xushbichim qomatga ega qizlargina kiya oladi.

3. Qora, kulrang yoki qaymoq rangli klassik tuflilar

%d0%b1%d0%b0%d0%b7%d0%b03-680x373

Bunday tuflilar bashang ko‘rinishga yordam beradi. Agar siz qaymoq rangdagi tuflini tanlasangiz, ular bo‘yingizni 5—10 santimetrga uzunroq ko‘rsatadi.

4. Ko‘ylak (rubashka)

Tor bo‘lmagan oq yoki havorang rubashka ofis uchun ham, har kuni kiyish uchun ham to‘g‘ri keladi.

5. Yubka (qalam shaklidagi)

Qora yubka deyarli istalgan kiyim bilan mos keladi hamda tashqi ko‘rinishingizga ixchamlik baxsh etadi, belingizga urg‘u beradi.

6. Baletkalar

Qora yoki to‘q ko‘k, teridan ishlangan baletkalar har qanday obrazni to‘ldiradi. Ularda yurish ham qulay. Ish, o‘qish, biror tadbir — ularni istalgan joyga kiyib borish mumkin.

7. Qora ko‘ylak

%d0%b1%d0%b0%d0%b7%d0%b04-600x600Qomatingiz kamchiliklarini yashirib, ustunliklariga urg‘u bera oladigan bunday ko‘ylak ko‘p hollarda ajoyib yechim bo‘la oladi.

8. Ko‘k, kulrang yoki qaymoq rangdagi jaket yoki kardigan — azaliy klassika!

%d0%b1%d0%b0%d0%b7%d0%b04-680x510

9. Kashmiri matodan palto

%d0%b1%d0%b0%d0%b7%d0%b05-428x600

Agar garderobingizdagi ba’zi kiyimlardan tejash mumkin bo‘lsa ham, paltodan iqtisod qilishni tavsiya etmaymiz. Bir marta sifatli kashmiri palto xarid qilsangiz, uni uzoq yillar kiyishingiz mumkin. Issiqqina, yumshoq va zamonaviy bunday paltoda o‘zingizni  nafaqat qulay his etasiz, balki maftunkor ko‘rinishga ega bo‘lasiz!

manba: Daryo.uz

ULASHISH