Kerakli mahsulotlar:

Tovuq go‘shti – 400 g

Qattiq pishloq – 200 g

Tuxum – 2 dona

Un – 100 g

Tuz – ¼ choy qoshiq

Tuyilgan qora murch – ¼ choy qoshiq

O‘simlik yog‘i – 50 ml

Tayyorlanishi:

1.Tovuq go‘shtini ko‘ndalangiga ingichka uzunchoq tilimcha shaklda kesamiz. Pishloq mayda qirg‘ichda chiqariladi.
2.Tuxumni sanchqi yordamida bir xil holatga kelgunga qadar eziladi.
3.Un tuz va murch bilan aralashtiriladi. Agar pishloq sho‘r bo‘lsa, tuzni ehtiyotkorlik bilan solinadi. Parmezan pishlog‘i ishlatilsa, tuz solmasa ham bo‘ladi. Go‘shtni navbatma-navbat un, tuxum va pishloqqa bulg‘ab olinadi.
4.Go‘sht bo‘laklari o‘rta olovda yengil tilla rangga kirgunga qadar qovuriladi.

ULASHISH