Yaqinginada taqdimoti bo’lib o’tgan MacBook Pro noutbugi savdolari yangi rekordlarni o’rnatmoqda, deb xabar qilmoqda Forbes jurnali Slice Intelligence tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda.

«Savdolar boshlanganidan so’ng besh kun ichida onlayn xaridorlar yangi MacBook Pro uchun sarflagan umumiy mablag’i 2016 yilning o’tgan davrida boshqa turdagi noutbuklar uchun sarflangan pullarning jami qiymatidan oshib ketdi. Katta ishonch bilan aytish mumkinki, bu kupertinolik mutaxassislarning ulkan yutug’idir», — deyiladi Slice Intelligence matbuot bayonnomasida.

Apple kompaniyasi besh kun ichida MacBook Pro noutbuklarini sotishdan topgan daromadi, boshqa ishlab chiqaruvchilarning bir yil mobaynida topgan daromadini ortda qoldirgan. Ta`kidlanishicha, ilk ikki kunda talab ancha yuqori bo’lgan.

Ushbu natijalar qisman MacBook Pro noutbuklarining o’ta qimmatligi bilan izohlanadi. Yangi noutbuklar qatori avvalgilaridan ancha qimmat turadi. Jumladan, eng arzon, Touch Bar o’rnatilmagan modelining naxri 1499 dollar etib belgilangan. Interfeysning yangi namunasiga ega bo’lish uchun yana 300 dollarning bahridan o’tish lozim bo’ladi. 15 dyuymli ekranga ega noutbukka 2399 dollar to’lash kerak bo’ladi.

manba: Kun.uz

ULASHISH