Bu haqda aktrisa Muqaddas Sa`dullayeva o`zining Instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi.

Ma`lum bo`lishicha, aktrisa Muqaddas Sa`dullayeva ilk bor ota-onasi bilan bir filmda suratga tushgan. Ozod Shamsning “Bebahoginam” deb nomlangan o`tkir syujetli film ularga ana shunday imkoniyatni yaratib berdi.

Aktrisaning ma`lum qilishicha, ushbu filmning suratga olish ishlari tugagach O`zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa`dullaev qizining filmda gavdalantirgan achchiq taqdiridan kuyunib, kasalxonaga tushib qolgan va shifokorlar tomonidan unga Infarkt tashhisi qo`yilgan.

Muqaddas Sa`dullayeva bu haqda shunday deydi:

“Bebahoginam” filmida ilk bora oilaviy ota-onam bilan birgalikda rol ijro etdik. Bunday taklifni anchadan beri orzu qilib kutardim, lekin hali hech bir rejissyor bizni oilaviy birgalikda filmga tushirishni hayoliga ham keltirmagan va bunday taklifni hech Kim bildirmagan edi, va nixoyat bu taklif istedodli rejissyor Ozod Shams tomonidan bildirildi. Bu taklifdan boshim osmonga etdi! Filmda ota-onam ham o`z rollarida. To`g`risini aytsam, oilaviy filmda rol ijro etish, begona aktyorlar bilan ishlashga nisbattan ancha qiyin bo`lar ekan. Sababi shundaki, har bir xissiyot ichdan o`tar ekan, ota-onam bilan bo`lgan epizodlarda, har bir voqea xuddi real hayotda bo`layotgandek tuyuldi. Shu filmdagi qaxramonim Jahonaga aylanib qolishimga sal qoldi. Hattoki qahramonimni achchiq taqdiri, qismati tufayli, otam s`yomka jarayonida menga chindan kuyinib, qattiq siqilib, s`yomka jarayoni tugagandan so`ng 1 hafta o`tar-o`tmas, tez yordam bilan shifoxonaning reanimasiya bo`limiga tushib qoldilar va ularga shifokorlar tomonidan Infarkt tashhisi qo`yildi. Sal kam 1 oy davolanib yurak-qon tomirlariga stend qo`ydirib, endi bag`rimizga qaytdilar. Jonimizmi fido qilib ishlagan filmimiz sizlarni ham yuragingizdan oz bo`lsa-da joy egallaydi degan umiddamiz. Sizlarga ham bizning oilaviy ijod namunamiz, filmga sho`ng`ib voqealarga ishonib tomosha qilishingizga yordam beradi degan umiddamiz.”

Muqaddas Sa`dullayeva bilan bog`langanimizda, u ayni damda otasining ahvoli ancha yaxshilanganini havotirga o`rin yo`qligini ma`lum qildi.

Biz ham tahririyatimiz nomidan ustoz san`atkorga shifo tilab qolamiz!

kqltrobka9jwn4sixjmrfxgbw

 

Film ssenariy mualliflari Feruza Fattohova hamda Saida Vahobova. Bosh rollarni aktyorlar Saida Rametova, Lutfulla hamda Gulchehra Sa`dullayevalar, Shavkat Komilovlar ijro etishgan.

Filmning suratga olish ishlari 1 oy avval yakunlandi. Film premyera sanasi haqida xabar beramiz, bizni kuzatib boring!

manba: Darakchi.uz

ULASHISH