Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares CHiliga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvi (1:3) yakunida o’zini tutishi uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, deb xabar beradi «Championat.asia».

Suares maydonni tark etayotib mezbon jamoa muxlislariga barmog’ini ko’rsatgan.

2015 yilning dekabrida CHili futbolchisi Eduardo Vargas urugvaylik muxlislarga ko’rsatgan ishorasi uchun diskvalifikaciya qilinishi mumkin edi.

Urugvay matbuoti Suares bu harakati bilan Urugvay terma jamoasining Amerika Kubogidagi g’alabasini sanayotganini aytmoqda.

ULASHISH