O‘tgan dam olish kunida AQSHda Microsoft tovar belgisining ro‘yxatga olinganiga 40 yil to`ldi. Dastlabki yillarda kompaniya nomi chiziqcha bilan (Micro-soft) yozilar edi. Bu microcomputer software (mikro kompyuter uchun dasturlar) so‘zining qisqartmasi edi.
Kompaniya tashkil bo‘lgan davrdan boshlab yuqori texnologiyalar sanoatida o‘z standartlarini o‘rnatdi. Kompaniyaning yutuqlari bilan birga, uning yomon nom chiqarishiga sabab bo‘lgan bir qancha narsalar bor.
ria.ru kompaniyaning eng ko‘p hissiyotlarga — sevgi va nafratga sabab bo‘lgan mahsulotlari, tarixidagi voqealarni keltirib o‘tdi.
C:\Microsoft\copy con LOVE-list.txt — ijobiy xotiralar
Kompyuter foydalanuvchilarining ko‘pchiligi Microsoft’ga ancha sovuq munosabatda bo‘lishsa-da, uni yaxshi ko‘rish uchun sabablar bisyor.
Microsoft BASIC
BASIC dasturlash tili Microsoft shakllanishidan ancha oldin paydo bo‘lgan, Bill Geyts va Pol Allen bu tilning birinchi versiyasini Altair 8800 shaxsiy kompuyuteri uchun yaratishgan. Narxining arzonligi tufayli bu kompyuter 1975-yilda mashhurlikka erishdi.
Altair uchun BASIC kompyuterda kam joy egallar va dasturchiga o‘z kodini yozish uchun ko‘proq joy berishi, uni boshqa platformalarda ham ommalashishiga sabab bo‘ldi.
Ko‘p vazifali operatsion tizim va Windows 3.1
1992-yilda sotuvga chiqqan Windows 3.1 sotuvning birinchi ikki oyida 3 milliondan ortiq nusxada sotildi va o‘z davrining barcha rekordlarini yangiladi. Foydalanuvchilar ko‘p oynali OSning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay oldilar.
«Saper” va «Soliter”
Solitaire, Klondike nomi bilan ham mashhur bu o‘yin Windows 3.0 ’ga foydalanuvchilarning ko‘p oynali grafik interfeysga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va u bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun qo‘shilgan edi. Shundan beri xodimlarning minalar qidirish va “pasyans“larni tarqatish bilan ish vaqtini o‘tkazish barcha ish beruvchilarning muammosiga aylandi.
Windows XP
Dastlab bu hisob-kitob asosidagi sevgi edi. Uy kompyuterlari uchun yaratilgan operatsion tizimlar variantlarining o‘n yillik muvaffaqiyatsizligidan so‘ng, Windows 95’dan boshlab, Windows NT asosidagi yangi OT uzoq vaqt barqaror ishlashini ta’minlab berdi.
Windows uchun MS Office
Ofis dasturlarining birinchi paketi 1990-yilda dunyo yuzini ko‘rdi va u Windows 3.0’da ishlashga mo‘ljallangan edi. Uchinchi o‘n yillikda ham «Ofis” milliardlab foydalanuvchilarga matnli hujjatlar, jadvallar va taqdimotlar bilan ishlashga yordam bermoqda.
G‘ildirakli sichqoncha
Sichqonchalardagi g‘ildirak KYE System kompaniyasining urinishlari bilan paydo bo‘lgan, lekin aynan Microsoft 1996-yilda IntelliMouse modelini taqdim qilish bilan moslamaning bu turida o‘ziga xos standartga asos soldi.
C:\Microsoft\copy con HATE-list.txt — salbiy xotiralar
Kompaniyaning ijobiy xizmatlariga qaramasdan, unga ko‘proq haqli ravishda tanbeh berishadi.
Monopoliya
Microsoft kompaniyasinin ko‘p mahsulotlari mashhurlikka eng “zo‘r” bo‘lganliklari uchun emas, balki agressiv reklama va hiyla-nayranglar tufayli erishgan. Kompaniya o‘zining butun tarixi davomida antimonopol sud ishlarining obyektiga aylanib, bu ishlarni yutqazib kelgan.
Narxlar
Korparatsiya monopol bo‘lib olgan tarmoqlarda narxlar baland ushlab turiladi. Kompyuter uchun OT va ofis paketlar uchun kompaniya 80-200 dollar so‘raydi. Boshqa kompaniyalarning o‘xshahs dasturlarining narxi anchagina farq qiladi. Ko‘p hollarda esa ular umuman tekinga taklif etiladi.
Ish turg‘unligining past darajasi (Low operational stability)
Microsoft’ning uy kompyuterlari OTlari, Windows 95’dan boshlab eng muammoli OTlar deb tan olingan. Versiyadan versiyaga qadar ahvol yanada yomonlashib bordi. Xatto, kompaniyaning Windows ME (Millennium Edition) mahsuloti PC World jurnalining «Barcha davrlarning eng yomon mahsuloti” ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.
Tanlov imkoniyatining cheklanganligi. Microsoft kompaniyasining dasturlari o‘z tarixi mobaynida foydalanuvchi o‘rniga qaror qabul qilishga harakat qilib kelgan. Windows 10’dan boshlab holat yanada dramatik tus oldi. Tizim o‘zini o‘zi avtomat tarzda yangilashidan tashqari, qanday dasturlar unda ishlashini ham o‘zi hal qila boshladi.
Nokia’ni yo‘q qilish
2011-yilda Nokia brendining bahosi 25 milliard dolllarga teng edi. Kompaniya dunyoning eng qimmat markalari ro‘yxatida 14-o‘rinni egallab turardi. Lekin yakun yaqin edi. Bosh ijrochi direktor lavozimiga , oldin Microsoftda ishlagan Stiven Elop keldi. Oradan ikki yil o‘tgach Nokia uning uchun kulgili bo‘lgan yetti yarim million dollarga Microsoftga sotilib ketdi.

ULASHISH