Britaniyaning Lotus kompaniyasi yil yakunlariga ko’ra, 1970-yillardan beri ilk marotaba operatsion daromad oladi. Bu haqda avtomobil ishlab chiqaruvchisi rahbari Jan-Mark Jalga tayangan holda Auto Express nashri xabar bermoqda.

Lotus’ning ijobiy moliyaviy ahvoli AQShda britaniya kompaniyasining Evora 400 sportkari sotilishi bilan bog’liq. Model Shimoliy Amerika bozorida avgustda paydo bo’lib, ayni kunlarda «Lotus» avtomobillarga buyurtma qabul qilmoqda. Ular mijozlarga 2017 yilning martida yetkazib beriladi.
Shuningdek, Jalening so’zlariga ko’ra, daromad xodimlar sonini qisqartirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali ham kelgan.

«Hozirda bizda deyarli 800 ta xodim bor. Yillik ishlab chiqarish miqdori esa 2000 avtomobilni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda, bu mashinalarning sifati avvalgidan ancha yaxshi», — ma`lum qildi Jale. Ma`lumot uchun, u lavozimni egallashidan avval Lotus’da 1200 kishi mehnat qilib, bir yilda 1200 avtomobil chiqarilgan.

Eslatib o’tamiz, Jan-Mark Jale Lotus’ga PSA Peugeot Citroen guruhidan kelgan. U yerda direktorlar kengashi a`zolaridan biri bo’lgan Jale Aslam Fariqulni alishtirdi.

manba: Kun.uz

ULASHISH