Bu yili Los-Anjeles avtosaloni faqatgina avtosanoatining yutuqlarini namoish qilish an’anasidan chekinib, «temir» ko`rgazmasini transportlar uchun mo`ljallangan yangi texnologiyalar, axborot tizimlari va robotlashtirilgan boshqaruvni uyg`unlashtirgan holda namoish etmoqda — deb xabar beradi vedomisti.ru. Yangi ko`rgazma Automobility LA deb nomlanadi.
Subaru ko`rgazmada o`zining yetti o`rinli Viziv-7 krossoveri konseptini namoish etmoqda. Bu amerika standarti bo`yicha o`rtacha hisoblanuvchi SUV ning prototipidir. U yapon markasining modellari qatoridan 2018 yilning boshida o`rin oladi va brend tarixidagi eng katta (konsept bo`yicha uzunligi — 5200 mm, balandligi — 2030 mm) avtomobilga aylanadi.

ULASHISH