Cathay Pacific aviakompaniyasining London — Gonkong reysi bilan uchayotgan Boing 777 samolyoti ekipaj qarori bilan Novosibirskning Tolmachev aeroportiga Moskva vaqti bilan 03:20 da favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Hozirda samolyot borti mutaxassislar ko‘rigidan o‘tmoqda. Bu haqda izvestia.ru xabar berdi.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda qo‘nishga sabab bortdagi datchiklardan birining ishlab ketgani bo‘lgan” — deyiladi xavfsizlik xizmatidan olingan manbada.

Texniklar to‘liq tekshiruv o‘tkazishdan oldin, bortdagi yong‘in sensorlaridan biri ishlab ketgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan. Hodisa vaqtida samolyot bortida 214 yo‘lovchi va 18 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Yo‘lovchilar aeroport terminaliga evakuatsiya qilindi.

ULASHISH