London shimolida ikki qavatli avtobus ko‘priklardan birining ostidan o‘ta olmadi va tomiga jiddiy zarar yetdi. Avariya oqibatida 26 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Hodisa 22-oktabr, shanba kuni Tottenhemda sodir bo‘ldi. Jabrlanganlardan 5 nafari kasalxonaga yotqizildi, 21 kishiga joyida yordam ko‘rsatildi.

Avariya tufayli avtobusning ikkinchi qavatidagi ayrim yo‘lovchilar qamalda qoldi. Ularni qutqaruv xizmati xodimlari bo‘laklar orasidan chiqarib oldi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH