Fransiyaning “PSJ” jamoasi “Barselona” hujumchisi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlayapti. Parijliklar tomonidan muzokarani “PSJ” sport direktori, kataloniyaliklarning sobiq a’zosi Patrik Klyuyvert olib bormoqda. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

Patrik Klyuyvert argentinalik hujumchining otasi Xorxe Messi bilan uchrashib, futbolchining yozda transfer qilinishi borasida muzokara olib bordi.

Avvalroq Angliyaning “Manchester Siti” klubi 29 yoshli Messining transferi uchun 200 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Qayd etish joiz, Lionel Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Messi Ispaniya chempionatining 10 o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH