HOUSTON, TX - JUNE 21: Lionel Messi #10 of Argentina scores a goal on a free kick in the first half against the United States during a 2016 Copa America Centenario Semifinal match at NRG Stadium on June 21, 2016 in Houston, Texas. (Photo by Bob Levey/Getty Images) ORG XMIT: 606413401 ORIG FILE ID: 542029442

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining AQSh termasiga qarshi (4:0) Amerika Kubogi–2016 yarim finalida jarima zarbasidan kiritgan goli 2016-yilning eng chiroyli goli nomiga da’vogarlik qiladi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.

2016-yilning eng chiroyli goli uchun kurashda Neymar, Xel Robson-Kanu, Saul Niges, Mario Gaspar kabi futbolchilarni ham uchratish mumkin.

Ma’lumot uchun, FIFA 2009-yili yilning eng chiroyli goli muallifiga beriladigan Ferens Pushkash nomli sovrinni ta’sis etgandi. G‘olib nomi onlayn-so‘rovnoma orqali aniqlanadi.

2016-yilning eng chiroyli gol muallifini aniqlash uchun so‘rovnoma 2-dekabrga qadar davom etadi. G‘olib nomi 2017-yilning 9-yanvar kuni, FIFAning har yilgi taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH