“Lester” futbol klubi hujumchisi 190 ming funtga teng Lamborghini’sida YTHga uchradi (foto)

Angliyaning “Lester” jamoasi hujumchisi Jeffri Shlupp 190 ming funtga teng Lamborghini avtomobilida yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar bermoqda Mirror.

lamb1-680x452

Xabarda qayd etilishicha, hodisa 21-noyabr kuni, “Lester”ning “Bryugge” klubiga qarshi YChL guruh bosqichi 5-tur o‘yinidan 1 kun oldin sodir bo‘ldi. 23 yoshli ganalik futbolchiga hech qanday zarar yetmagan, ammo mashinasi jiddiy shikastlangan.

lamb2-450x600

Mazkur voqeadan so‘ng Britaniya matbuoti Jeffri Shluppda yana 3 ta avtomobil bor ekanini va Lamborghini’si pachoqlanganidan xafa emasligi haqida ma’lumot tarqatdi. Biroq futbolchining o‘zi bu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq ekanini aytdi.

Ma’lumot uchun, “Lester” klubi xo‘jayini Vishay Shrivaddanaprabxa jamoa 2015/16-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Angliya chempioni bo‘lgani munosabati bilan chempion bo‘lishga hissa qo‘shgan har bir futbolchiga BMW i8 avtomobilini sovg‘a qilgandi. Ular orasida Jeffri Shlupp ham bo‘lgan.

manba: Daryo.uz

ULASHISH