Lavashdan tayyorlanadigan 3 ta oddiy va mazali taom

Lavash bu — noyob mahsulot. Undan ko‘p urinmasdan mazali va o‘ziga xos taomlar tayyorlash mumkin. Bunga, o‘zingiz har xil qiymalar bilan tajribada sinab ko‘rib, ishonch hosil qilishingiz mumkin, “Gooper” esa lavashdan tayyorlanadigan eng tezpishar va mazali taomlarning 3 klassik variantini taklif etadi.

rulet-iz-lavasha-s-konservami

Baliq solingan qaymoqli o‘rama (rulet) yengil tamaddilar uchun g‘oyatda muvofiq. Tayyorlash uchun 300 gramm yumshoq pishloq (eritilgan yoki buterbrodlar uchun ishlatiladigan pishloq ham bo‘ladi) oling va uni lavashning bir tomoniga suring. 100-150 gramm kam tuzlangan qizil baliq (xonbaliq, losos yoki gorbusha)ni yupqa qilib (taxminan 2 santimetr)li bo‘lakchalarga bo‘ling va pishloq ustidan joylashtiring. Bitta o‘rtacha barra bodringni yupqa qilib (1-2 millimetrli qalinlikda) halqa shaklida to‘g‘rang va baliq ustidan yoyib joylashtiring. Qiyma ustidan ko‘katlarni maydalab sepamiz va aylantirib o‘raymiz. So‘ngra ularni 1 soat sovutgichga qo‘yamiz, undan keyin kengligi 5 santimetrli kichik o‘ramachalar qilib kesamiz.

yablochnii_shtrudel_iz_lavasha-279848

Shtrudel — lavashdan tayyorlanadigan eng noan’anaviy taom deyish mumkin. O‘z mamlakatida mashhur desert hisoblanadigan shtrudel bizga Avstriyadan kelib qolgan. Uni tayyorlash uchun sizga zarur bo‘ladigan masalliqlar: 2 dona nordon-shirin olma, 1 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq dolchin (koritsa), vanil yoki shakar pudrasi o‘rami, 2 osh qoshiq saryog‘. Lavashning bir tomoniga 1 osh qoshiq saryog‘ni suramiz va mayda to‘g‘ralgan olmalarni yoyamiz. Ustidan dolchinni sepib, rulet qilib o‘raymiz. Ruletning ustiga eritilgan saryog‘ni suramiz va duxovkada 180-200 darajali issiqlikda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Tayyor bo‘lgan lavashli taom bo‘laklarga bo‘linadi va ustiga shakar upasi yoki shokoladli sirop sepilib dasturxonga tortiladi.

10446

Durum — Armaniston an’anaviy taomlaridan biridir. U pishloqning turli xillari — sulugun va brinza zichlab solingan, ko‘p miqdorda shivit ko‘kati qo‘shilgan lavashdan iborat. Durumni tayyorlash uchun sizga zarur bo‘ladigan masalliqlar: didingizga mos 300 gramm pishloq, 1 dona tuxum va turli xil ko‘katlar — shivit, petrushka, kinza va bazilik. Pishloqni yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkazing, ko‘katlarni mayda qilib to‘g‘rang. Bir qavat lavashni oling va ko‘pirtirilgan tuxumni suring. Lavash o‘rtasiga qiymani joylashtirasiz va uchburchak yoki kvadrat shaklida lavash chekkalarini bukasiz. Yog‘langan tovada lavashli taomning har ikkala tomonini 2-3 daqiqa davomida yengil qizartirib pishirib olasiz.

Yoqimli ishtaha!

manba: Daryo.uz

ULASHISH