Ispaniya chempionatining 2015/16 yilgi mavsumidagi eng yaxshilar taqdirlandi. «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann eng yaxshi futbolchi, shu jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone eng yaxshi murabbiy, «Barselona» a`zosi Lionel Messi o’tgan mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo’ldi.

Qayd etish kerakki, 9ta nominatsiyadan 5tasi «Atletiko» vakillariga nasib qilgan. Taqdirlanganlar orasida «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yo’q.

Eng yaxshi yangi futbolchi: Marko Asensio («Real» / «Espanol»);

Eng yaxshi darvozabon: Yan Oblak («Atletiko»);

Eng yaxshi himoyachi: Diyego Godin («Atletiko»);

Eng yaxshi murabbiy: Diyego Simeone («Atletiko»);

Eng yaxshi yarim himoyachi: Luka Modrich («Real»);

Eng yaxshi xorijlik futbolchi: Luis Suares («Barselona»);

Eng yaxshi hujumchi: Lionel Messi («Barselona»);

Muxlislar tanlovi: Antuan Grizmann («Atletiko»);

Eng yaxshi futbolchi: Antuan Grizmann («Atletiko»).

manba: Kun.uz

ULASHISH