Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 9-turida zafar quchgan Kataloniyaning “Barselona” klubi “Real”, “Atletiko” va “Sevilya” o‘z o‘yinini o‘tkazmagan bir vaqtda turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

“Valensiya”ga qarshi bellashuvda Lionel Messi dubl qayd etdi. Uning ikkinchi goli uchrashuvning 93-daqiqasida penaltidan kiritildi. Qayd etish kerak, “Barselona”ga tegishli bo‘lgan futbolchi Munir El-Xaddadi kataloniyaliklar darvozasiga kiritilgan gollardan biriga mualliflik qildi.

Mazkur turda “Espanol” klubi o‘z irodasini namoyish etdi. “Eybar”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limidaa 3 ta gol o‘tkazib yuborgan Kike Flores jamoasi, ikkinchi 45 daqiqalikda uchta gol urdi. Uchinchi gol oldidan “Espanyol” futbolchisining qizil kartochka olib maydonni tark etishi ham mezbonlar ruhiyatini tushira olmadi.

Ispaniya La Ligasi
9-tur uchrashuvlari
21-oktabr, juma

“Osasuna” — “Betis” 1:2

Gollar: Xoakin, 19 (0:1). Roberto Torres, 48 (1:1). Felipe Guterres, 90+1 (1:2).
Chetlatish: Emmanuel River, 86 (O).

22-oktabr, shanba

“Espanyol” — “Eybar” 3:3

Gollar: Serxi Enrix, 23 (0:1). Diyego Reyes, 27-avt (0:2). Kike, 44 (0:3). Ernan Peres, 64 (1:3). Pablo Pyatti, 73 (2:3). Leo Baptistao, 90+2 (3:3).
Chetlatish: Felipe Kaysedo, 84 (E).

“Valensiya” — “Barselona” 2:3

Gollar: Lionel Messi, 22 (0:1). Munir El-Xaddadi, 52 (1:1). Rodrigo, 56 (2:1). Luis Suares, 62 (2:2). Messi, 90+3-pen (2:3).

“Real Sosyedad” — “Alaves”
“Granada” — “Sporting”

23-oktabr, yakshanba
“Selta” — “Deportivo”
“Sevilya” — “Atletiko”
“Vilyarreal” — “Las-Palmas”
“Malaga” — “Leganes”
“Real Madrid” — “Atletik”

manba: Daryo.uz

ULASHISH