Janubiy Koreya politsiyasi fikricha, KXDRlik xakerlar mamlakatdagi 160 ta eng yirik kompaniyalar, hukumat va jamoatchilik tashkilotlarining kompyuter tarmoqlariga buzib kirgan, deb yozadi “RIA Novosti”. Ular 140 mingta kompyuterni “virus” bilan “zaharlagani” taxmin qilinmoqda.

“Ryonxap” agentligi xabariga ko‘ra, xakerlik hujumi tekshiruvi Pxenyandagi IP-manzilga olib borgan. Gumon qilinishicha, xakerlar 42 608 ta faylni qo‘lga kiritgan, ular orasida Amerikaning F-15 qiruvchi samolyoti haqidagi ma’lumotlar ham bor.

Ammo politsiya ishontirishicha, harbiy sirlar jiddiy xavfga uchramagan. “KXDR tomonidan uyushtirilgan ushbu xakerlik hujumi keng ko‘lamli zarba bera olmadi”, — deyiladi xabarda.

Manba

ULASHISH