Xitoyning Shitszyachjuan shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Samsung kompaniyasining 23 nafar yuqori martabali menejeri sahnada investorlar va xaridorlar qarshisida tiz cho‘kdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.

Menejerlar shu tariqa Samsung Galaxy Note 7 qaytarib olinishi bilan bog‘liq vaziyat uchun uzr so‘radi va kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligiga va’da berdi.

Xitoy Samsung uchun eng muhim bozorlardan biri hisoblanadi, shu bois yuqori martabali menejerlarning ommaviy kechirim so‘rashini tushunsa bo‘ladi. Kompaniya vakillari bugungidek qiyin vaqtda Samsung’ni qo‘llab-quvvatlash, unga ishonmay qolmaslikni iltimos qildi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH