Kuba rasmiylari armiyani ehtimoliy “dushmanlik harakatlari turkumi”ni daf etishga tayyorlash uchun 5 kunlik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Associated Press manbalariga ko‘ra, mamlakat hukumati mashg‘ulotlar o‘tkazilishini Donald Trampning AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan bog‘layotgani yo‘q, biroq taktik mashqlar haqida Tramp saylovlarda g‘olib chiqqani tasdiqlangani bilan deyarli bir paytda ma’lum qilindi.

Kuba “Istehkom” deb nom olgan mashg‘ulotlarni yettinchi bor o‘tkazmoqda va ular odatda doimo AQSh bilan munosabatlardagi taranglikni anglatgan. Birinchi bor bunday mashqlar 1980-yilda, Ronald Reygan prezidentlik saylovlarida muvaffaqiyat qozonganidan so‘ng bo‘lib o‘tgandi.

manba: Daryo.uz

ULASHISH