Kubaning uzoq yillik lideri Fidel Kastro 90 yoshida vafot edi, — deb xabar beradi interfax.ru boshqa manbalarga asoslanib.

Fidel Kastroning o‘limini uning ukasi — Kuba davlat kengashi raisi Raul Kastro davlat televidiniyasida efir vaqtida e’lon qilgan. Fidel Kastro mahalliy vaqt bilan juma kuni soat 19:00 da olamdan o‘tgan. Uning o‘limi bilan bog‘liq tafsilotlar hali ma’lum emas.

Fidel Alejandro Castro Ruz (Fidél Alexándro Kástro Ruz, 1926 yil 13 avgustda tug‘ilgan) — kubalik inqilobchi va davlat arbobidir.

Ukasi Raul Castro va argentinalik hamfikri Ernesto Che Guevara bilan birgalikda Kubada diktator Fulgencio Batista’ga qarshi inqilobiy harakatni boshlagan. Inqilobdan so‘ng, 1959 yilning 1 yanvarida Fidel Castro Kuba Respublikasi Bosh Vaziri, 1976 yildan esa — prezidenti bo‘lgan.

Fidel Castro 2006 yilning 31 iyulida sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli o‘z vazifalarini ukasi Raul Kastro‘ga topshirgan edi.

ULASHISH