Rossiyalik mashhur teleboshlovchi Kseniya Sobchak birinchi farzandini dunyoga keltirganidan bir kun ham o‘tmasdan, unga farzandiga ism tanlash borasida takliflar tusha boshladi. Burger King tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i teleboshlovchiga o‘g‘liga Kingo deb ism qo‘yishni maslahat bermoqda. Shu bilan birga kompaniya agar Sobchak o‘g‘lini restoran sharafiga nomlasa, unga 2 milliard rubl miqdorida pul to‘lashga tayyor ekanini bildirgan, — deb yozadi lady.mail.ru.

Lenta.ru ning yozishicha, restoranlar tarmog‘i bola voyaga yetgunicha uning ota-onasiga yiliga 100 million rubl to‘lab borishga tayyor. «Kingo ismini “kichik qirol” deb tarjima qilish mumkin. Kingo Sobchak yoki Kingo Vitorgan chiroyli jaranglaydi” — deydi Burger King kompaniyasi vakili.

Eslatib o‘tamiz, kecha 35 yoshli Kseniya Sobchak va 44 yoshli Maksim Vitorgan ota-ona bo‘lishdi: teleboshlovchi birinchi farzandini dunyoga keltirdi.

Ma’lumot uchun Sobchak va Vitorgan 2013 yilda oila qurishgan. Aktyorning oldingi nikohidan 2 nafar farzandi bor.

ULASHISH