AQShning Persilvaniya shtatidagi kross musobaqasi vaqtida katta tezlikda chopayotgan kiyik sportchini turtib ketdi va uni bir necha metr nariga uchirib yubordi, deb xabar berdi “Korrespondent” NBC telekanaliga tayanib.

Gvinedd-Mersi universiteti sportchisi o‘zini kiyik yo‘nalishidan olib qochishga ulgurmadi. Kiyik yaqin masofa qolganida boshini egib, sportchining oyog‘iga urilgan va uni bir otib yuborgan. Keyin esa xuddi o‘sha tezlikda yo‘lida davom etgan.

Universitet talabasi o‘ziga kelib olishi uchun bir necha daqiqa kerak bo‘ldi. Jarohatiga qaramay, u krossni davom ettirdi va bir amallab finishga yetib keldi.

manba: Daryo.uz
ULASHISH