Yevro—2016 da g‘olib chiqqan Portugaliya terma jamoasi yechinish xonasiga kirgach, yetakchi futbolchi Krishtianu Ronaldu unga bir daqiqa quloq solishlarini so‘radi va ich-ichidan chiqayotgan gaplarini to‘lqinlanib gapirdi.

Uning aytganlari videotasmaga o‘sha vaqtdayoq yozib olingan bo‘lsa-da, e’lon qilingan kunidan keyin katta qiziqish bilan tomosha qilindi. Ronaldu bildirgan fikrlarni quyida o‘qish mumkin.

“Men o‘ng tomonimda turgan bu insonga rahmat aytaman va undan cheksiz minnatdorman. Birinchidan, usiz bunday natijaga erishib bo‘lmasdi. Ikkinchidan biz hammamiz, oddiy ishchi-personalga qadar bu muvaffaqiyatga hissa qo‘shdi”.

“Hech kim Portugaliyaga ishonmagandi. Biz esa buni uddaladik! Hammamiz uddaladik! Men juda baxtliman, bugun men uchun eng unutilmas va quvonchli kunlardan biri. Shaxsiy sovrinlarni ham, Chempionlar Ligasini ham chetga surib qo‘yaman. Bu hayotimdagi eng yorqin lahzalardir”.

“Men allaqachon 3 yoki 4 marta yig‘lab oldim. Akam bu haqda menga aytganida, o‘zimni tutib tura olmayotganimni tushuntirdim. Bularning barchasi ich-ichimdan chiqdi, menga hammasi xuddi tushdek ko‘rindi. Shuning uchun ham men juda, juda va juda baxtliman! Buni yana 100 bor qaytarishim mumkin, baxtliman”.

“Hammangizga rahmat! Futbolchilarga, oddiy ishchilarga, hammaga! Va yana bir marta sizga, murabbiy! Kurashish kerakligini, jang qilish lozimligini siz menga uqtirdingiz. Doktorlardan tortib, qo‘riqchilarga qadar — hammangiz mening do‘stlarimsiz!”.

manba: Daryo.uz

ULASHISH