Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 haqida o’z fikrlarini bildirdi, deb xabar beradi «Championat.asia».

Yevro-2016 finalida biz favorit emasdik. Fransuzlar bizni osongina yutamiz deb o’ylashgandi.

Finaldagi jarohat? Men oyog’imni buka olmadim. Bu men kutgan final emasligini tushundim, ammo bahsni davom ettira olmadim.

SHifokorlar meni tekshirishganida yig’alardim. Jarohat jidiy bo’lishidan qo’rqardim. SHifokorlar meni tinchlantirishardi, men esa yig’lashda davom etardim.

Mayamida qiziq voqea bo’lgan. Grizmann o’tirgan stol yonidan o’tib ketdim. Bir necha daqiqadan keyin u yonimga kelib kulib turib shunday dedi: Seni yomon ko’raman! – deydi Krishtianu Ronaldu.

ULASHISH