Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z terma jamoasi uchun gol urgan yevropalik futbolchilar orasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda “Chempionatxabar berdi.

JCh—2018 saralashining 4-turida dubl qayd etgan Ronaldu hozirga qadar Portugaliya uchun 68 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu borada u terma jamoadagi faoliyatini yakunlab bo‘lgan futbolchilar — germaniyalik Gerd Myuller hamda irlandiyalik Robbi Kin bilan tenglashib oldi. Qayd etish kerak, Ronaldu 13-noyabr kuni Latviya darvozasiga penaltidan gol ura olmagandi.

Ronaldudan yaxshiroq ko‘rsatkichni uch nafar futbolchi qayd etgan. Germaniya milliy terma jamoasi hujumchisi Miroslav Kloze nemislar uchun 71 ta gol urib bergan. Vengriyalik sobiq futbolchilar — Shandor Kochish hamda Ferens Pushkash mos ravishda 75 va 84 ta gol urishga erishgan.

ULASHISH