Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to’p» sovrini borasida o’z fikrini bildirib o’tdi.

«Sovrinni yutish uchun bu mavsumda barcha ishni amalga oshirdim. Chempionlar ligasida g’alaba qozondim. Portugaliya terma jamoasi bilan Yevroda zafar quchdim. Ovoz berish menga bog’liq emas. Ammo men bu mavzuga yopishib olmoqchi emasman.

Agar «Oltin to’p»ni olishni istarmidingiz, deb so’rasangiz, aytishim mumkin — ha, xohlayman. Bu yil men uchun sovrinlar bilan ajoyib o’tdi. Joriy yil shubhasiz faoliyatimdagi eng yaxshisi bo’ldi», – deya fikrlari bilan o’rtoqlashgan Ronaldu.

 

Manba: tribuna.uz

ULASHISH