Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolda bir-biriga aniq o‘xshaydigan futbolchilar bo‘lmasligini ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.

“Hech kim yangi Krishtianu Ronaldu bo‘la olmaydi. Futbolda egizaklar bo‘lmaydi. Boshqa futbolchi bir nimasi bilan ajralib turadi, u boshqacha bo‘ladi. Bunaqasi bo‘lishi mumkin emas”, – dedi 31 yoshli futbolchi.

“Yevropada iqtidorli futbolchilar ko‘p: Andre Gomesh, Renatu Sanchesh, Joau Mariu. Men faqatgina portugaliyaliklarni sanab o‘tdim. Ulardan tashqari Yevropada yuqori darajaga chiqa oladigan yosh futbolchilar bor. Men bundan xursandman, chunki futbol darajasi pasaymaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Ronaldu.

manba: Daryo.uz

ULASHISH